Saturday, 3 December 2022
← Go to the news

Lukaku Neymarni ortda qoldirdi. Faoliyati davomida transferi uchun eng ko‘p mablag‘ sarflangan 8 futbolchi

Romelu Lukaku «Inter»dan 115 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgach, faoliyati davomidagi umumiy transfer qiymati bo‘yicha Neymarni ortda qoldirib, jahonning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Quyida bu boradagi eng qimmatbaho futbolchilar top-8ligi bilan tanishing:

1. Romelu Lukaku

Umumiy transfer bahosi: 327 million yevro.

Oltita o‘tish: «Anderlext» — «Chelsi» — «Vest Bromvich» — «Everton» — «MYU» — «Inter» — «Chelsi»

Eng qimmat transferi: «Inter»dan «Chelsi»ga – 115 million yevro

Qachon: 2021 yil

2. Neymar

Umumiy transfer bahosi: 310 million yevro.

Ikkita o‘tish: «Santos» — «Barselona» — «PSJ»

Eng qimmat transferi: «Barselona»dan «PSJ»ga – 222 million yevro

Qachon: 2017 yil

3. Krishtianu Ronaldu

Umumiy transfer bahosi: 230 million yevro.

Uchta o‘tish: «Sporting» — «MYU» — «Real» — «Yuventus»

Eng qimmat transferi: «Real»dan «Yuventus»ga – 117 million yevro

Qachon: 2018 yil

4. Alvaro Morata

Umumiy transfer bahosi: 189 million yevro.

Oltita o‘tish: «Real» — «Yuventus» — «Real» — «Chelsi» — «Atletiko» — «Yuventus»

Eng qimmat transferi: «Real»dan «Chelsi»ga – 66 million yevro

Qachon: 2017 yil

5. Anxel Di Mariya

Umumiy transfer bahosi: 179 million yevro.

To‘rtta o‘tish: «Rosario Sentral» — «Benfika» — «Real» — «MYU» — «PSJ»

Eng qimmat transferi: «Real»dan «MYU»ga – 75 million yevro

Qachon: 2014 yil

6. Antuan Grizmann

Umumiy transfer bahosi: 174 million yevro.

Ikkita o‘tish: «Real Sosedad» — «Atletiko» — «Barselona»

Eng qimmat transferi: «Atletiko»dan «Barselona»ga – 120 million yevro

Qachon: 2019 yil

7. Usmon Dembele

Umumiy transfer bahosi: 170 million yevro.

Ikkita o‘tish: «Renn» — «Borussiya» D — «Barselona»

Eng qimmat transferi: «Borussiya»dan «Barselona»ga – 135 million yevro

Qachon: 2017 yil

8. Zlatan Ibrahimovich

Umumiy transfer bahosi: 169 million yevro.

Yettita o‘tish: «Malme» — «Ayaks» — «Yuventus» — «Inter» — «Barselona» — «Milan» — PSJ – «MYU»

Eng qimmat transferi: «Inter»dan «Barselona»ga – 69,5 million yevro

Qachon: 2009 yil.