fbpx Betguru » Lukaku «Chelsi» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Lukaku «Chelsi» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku tez orada rasman «Chelsi» futbolchisi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda. Читать на Рус языке

Insayder Janluka di Marsioning xabar berishicha, belgiyalik futbolchi bugun, 9 avgust kuni Milandagi Columbus klinikasida London klubi uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Lukaku agenti Federiko Pastorello hamrohligida kelgan.

Qayd etilishicha, 28 yoshli hujumchi ushbu haftada Londonga borib, «Chelsi» futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.

Avvalroq, «Chelsi» Lukaku uchun 115 million yevro transfer puli to‘lashi, Romeluning yillik maoshi 12 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku 2011-2014 yillar davomida ham huquqiy jihatdan «Chelsi»ga tegishli bo‘lsa-da, ijara asosida boshqa klublarda to‘p surgan. 2019 yilda «MYU»dan 75 million yevro evaziga «Inter»ga o‘tgan forvard yakunlangan mavsumda Antonio Konte qo‘l ostida skudettoni qo‘lga kiritgan edi.

image