← Go to the news
![](https://www.betguru.info/wp-content/uploads/2021/04/photo_2021-04-02_11-15-18.jpg)
02.04.2021
88
Loris Fransiya milliy jamoasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi
Fransiya milliy jamoasi JCH-2022 saralashi 3-turi doirasida safarda Bosniya va Gersegovinadan (1:0) ustun keldi.
Bu bahs fransuzlar posboni Ugo Loris uchun milliy jamoadagi 123-o‘yin bo‘ldi. Natijada «Tottenhem» a’zosi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rindagi Terri Anriga yetib oldi.
Fransiya milliy jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Lilian Tyuram sanaladi – 142.