fbpx Betguru » Liga 1. «Nitssa» «Lion» bilan o‘yinda superkambek qayd etdi, «Monako»da g‘alaba
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «Nitssa» «Lion» bilan o‘yinda superkambek qayd etdi, «Monako»da g‘alaba

Fransiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

«Nitssa» o‘z uyida «Lion»ni qabul qilib, 2ta to‘p farqida yutqazayotganida so‘nggi 10 daqiqada 3ta gol urdi va irodali g‘alabaga erishdi.

G‘alabadan so‘ng «Nitssa» ochkolarini 19taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. 16 ochkoga ega «Lion» 9-pog‘onaga tushdi.

«Monako» o‘z maydonida «Monpele»ni yengib, 17 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Liga 1. 11-tur. 24 oktyabr
Nitssa — Lion 3:2
Gollar: Atal (81), Delor (89, penalti), Gessand (90+1) — Ekambi (35), Auar (68).
Nitssa – Benites, Danilyuk (Atal, 67), Dante, Todibo, Bar, Budaui (Da Kunya, 67), Lemina (Rosario, 67), Tyuram, Delor, Dolberg (Gessan, 83), Guiri (Klod-Moris, 77).
Lion – Antoni Lopesh, Dyubua, Boateng, Denayer, Emerson, Auar (Diomande, 90), Bruno Gimaraes, Kakre, Lukas Paketa, Toko-Ekambi (Tiago Mendes, 88), Kadevere.
Chetlatish: Kadevere (85).

Monako — Monpele 3:1
Gollar: Folland (12), Ben-Yedder (17), Martinsh (62) — Savane (81, penalti).
Monako – Nyubel, Agilyar, Maripan (Disasi, 46), Pavlovich, Kayo Enrike (Yakobs, 67), Jelson Martinsh (Fofana, 75), Diop (Jan Lukas, 67), Tchuameni, Matazo, Ben-Yedder (Boadyu, 75), Folland.
Monpele – Omlin, Sako, Estev, Kotssa (Vai, 46), Savane, Molle, Shotar, Lerua (Ristich, 46), Sambiya (Suke, 62), Jermen (Joakkini, 65), Mavididi (Makuana, 65).

Lans — Mets 4:1
Gollar: Said (14, 37), Ganago (83), Frankovski (90) — De Previl (33).

Loryan — Bordo 1:1
Gollar: Laport (76) — Elis (46).

Renn — Strasburg 1:0
Gol: Naif (82).

Reyms — Trua 1:2
Gollar: Abdullhamid (6) — Balde (41), Shavalerin (65).

image