fbpx Betguru » Liga 1. «Marsel» g‘alaba qozonib 2-o‘ringa qaytdi, «Monako» mehmonda «Nitssa» bilan jangovar durang o‘ynadi
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «Marsel» g‘alaba qozonib 2-o‘ringa qaytdi, «Monako» mehmonda «Nitssa» bilan jangovar durang o‘ynadi

Fransiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi .

«Marsel» o‘z maydonida «Renn»ni mag‘lub etib, 13 ochko bilan 2-o‘ringa qaytdi.

«Monako» safarda «Nitssa» bilan jangovar durang qayd etdi. Monegask klubi 5 ochko bilan 14-o‘rinni, «Nitssa» 10 ochko bilan 5-pog‘onani egallab turibdi.

Liga 1. 6-tur. 19 sentyabr
Nitssa — Monako 2:2
Gollar: Delor (51), Budaui (73) — Golovin (39), Ben-Yedder (77, penalti).
Nitssa – Benites, Lotomba (Atal, 57), Dante, Todibo, Bar, Budaui, Lemina, Rosario (Tyuram, 89), Stengs (Danilyuk, 89), Dolberg (Delor, 15), Guiri.
Monako – Nyubel, Sidibe, Maripan (Pavlovich, 81), Disasi (Diatta, 73), Badiashile, Kayo Enrike, Tchuameni, Fofana, Golovin (Diop, 72), Jelson Martinsh (Folland, 62), Ben-Yedder (Boadyu, 82).

Marsel — Renn 2:0
Gollar: Deng (48), Harit (71).
Marsel – Lopes, Luan Peres, Saliba, Balerdi, Lirola (Kamara, 77), Payet, Under (Ronje, 70), Genduzi (Jerson, 78), Guye, de la Fuente (Harit, 59), Deng (Luis Enrike, 77).
Renn – Gomis, Traore (Assinon, 78), Agerd, Bade (Omari, 88), Meling (Tryuffer, 88), Burijo, Te, Santamariya, Ugoshukvu (Ablin, 78), Labord, Girassi (Sulemana, 60).

Anje — Nant 1:4
Gollar: Traore (10) — Jirotto (3), Bla (6 penalti, 79), Kolo-Muani (23).

Klermon — Brest 1:1
Gollar: Rashani (65) — Shardonne (52).

Reyms — Loryan 0:0

Trua — Monpele 1:1
Gollar: Tuzgar (37) — Savane (77).

image