fbpx Betguru » Liga 1. «Lill» safarda «Loryan»ga yutqazdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «Lill» safarda «Loryan»ga yutqazdi

Fransiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda amaldagi chempion «Lill» safarda «Loryan»ga imkoniyatni boy berdi. Loryante va Moffining gollariga Yilmaz penaltidan bir bor javob berdi.

«Lill» 5 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi. «Loryan» ochkolarini 8taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi.

Liga 1. 5-tur
Loryan — Lill 2:1
10 sentyabr, «Stad dyu Mustuar»
Gollar: Loryante (7), Moffi (87) — Yilmaz (25, penalti).
Loryan – Nardi, Igor Silva, Mendes, Laport, Yens, Le Goff, Monkondyui (Buagar, 80), Lemuan (Le Bri, 89), Aberjel, Loryante (Grbich, 81), Moffi (Diarra, 90+1).
Lill – Grbich, Tiagu Jalo, Fonte, Botman, Reynildu, Yaziji (Devid, 75), Andre, Sheka, Gomes (Gudmundsson, 59), Ikone (Lihaji, 88), Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Aberjel (34), Gomes (44), Buagar (90+1), Sheka (90+2).

image