fbpx Betguru » Liga 1. 6ta gol urilgan o‘yinda «PSJ» «Brest» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Liga 1. 6ta gol urilgan o‘yinda «PSJ» «Brest» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Fransiya birinchi divizionida 3-tur bellashuvlari start oldi.

Dastlabki bellashuv «Brest» va «PSJ» jamoalari o‘rtasida kechdi. Brest shahridagi «Stad Fransis le Ble» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda parijliklar 2:4 hisobida raqiblaridan ustun keldi. G‘alaba orqali Maurisio Pochettino shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va onlayn jadvalda peshqadamlik qilishmoqda.

Liga 1. 3-tur
«Brest» – «PSJ» 2:4

Gollar: Onora (42), Mune (85) – Errera (23), Mbappe (36), Guye (73), Di Mariya (90).

«Brest» – Bizot, Uronen, Brasse, Shardonne, Per-Gabriel (Dyuvern, 86), Mbok, Belkebla (Magnetti, 75), Kardona (Le Dordon, 75), Onora, Favr, Mune.

«PSJ» – Navas, Diallo, Kimpembe, Kerer, Hakimi, Veratti (Draksler, 72), Errera, Guye, Veynaldum, Mbappe (Di Mariya, 81), Ikardi (Kalimuendo, 86).

image