fbpx Betguru » Leypsig» 120+1-daqiqada gol urib, Germaniya Kubogi finaliga chiqdi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Leypsig» 120+1-daqiqada gol urib, Germaniya Kubogi finaliga chiqdi

Germaniya Kubogining birinchi yarimfinalida «Leypsig» Bremenda «Verder» bilan bahs yuritib, qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani ilib ketdi.

Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida Hvanning goliga Bitenkur javob berdi. 120+1-daqiqada esa Forsberg «buqalar»ni finalga olib chiqadigan to‘pni kiritdi.

Ikkinchi yarimfinalda 1 may kuni «Borussiya» Dortmundda «Holshtayn Kil»ni qabul qiladi.

Germaniya Kubogi, 1/2 final

Verder — Leypsig 1:2
30 aprel, «Vezershtadion»
Gollar: Bitenkur (105+1) — Hvan (93), Forsberg (120+1).
Verder – Pavlenka, Augustinsson, Moysander, Gross (Bargfrede, 119), Gebre Selassiye, Mbom (Bitenkur, 73), Eggeshtayn, Velkovich, Zelke (Mevald, 96), Fyullkrug (Osako, 66), Sarjent.
Leypsig – Gulachi, Mukiyele, Upamekano, Konate, Anxelino (Henriks, 101), Aydara (Nkunku, 46; Forsberg, 114), Kampl, Zabitser (Poulsen, 74), Olmo, Orban, Syorlot (Hvan Hi Chan, 90).

image