fbpx Betguru » Levandovski agentiga yozda qaysi klubga o‘tishni xohlayotganini aytdi
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Levandovski agentiga yozda qaysi klubga o‘tishni xohlayotganini aytdi

Hujumchi Robert Levandovski yozda «Bavariya»ni tark etish niyatida, deb yozadi AS.

Polshalik 33 yoshli futbolchini «Real»ning maqsadlari va mashhurligi o‘ziga tortadi. U uzoq vaqtdan beri «qirollik klubi»da o‘ynashni orzu qiladi. Hujumchi agenti Pini Zahaviga La Liga grandiga ehtimoliy transferi asosiy o‘rinda bo‘lishi kerakligini aytgan.

«Real» Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas, ammo madridliklarning asosiy nishoni «Borussiya» D forvardi Erling Holanddir.

Robert bu mavsumda Bundesligada 13ta o‘yinda 14ta gol urdi.

image