Lester» «Chelsi»ni mag‘lub etib, Angliya kubogi sohibiga aylandi
Londondagi «Uembli» stadionida 20 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tkazilgan Angliya kubogi finalida «Lester» «Chelsi»ni mag‘lub etib, eng qadimiy turnir bosh sovriniga ega chiqdi. Читать на Русском языке
Uchrashuvning 63-daqiqasida Yuriy Tilemans chamasi 30 metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan Arrisabalaga darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Rojers tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan Morgan 88-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan edi, ammo vaziyatga VAR aralashib, gol bekor qilindi.
Natijada, «Lester» «Chelsi» bilan bahsda minimal hisobdagi ustunlikni saqlab qolgan holda Angliya kubogi sohibiga aylandi.
Angliya kubogi. Final. 15 may
Chelsi – Lester 0:1
London, Uembli, 21 ming tomoshabin.
Gol: 0:1 – 63 Tilemans.
Chelsi – Arrisabalaga, Jeyms, Tiago Silva, Aspilikueta (Hadson-Odoi, 76), Alonso (Chiluell, 68), Ziyosh (Pulishich, 68), Jorjino (Haverts, 75), Maunt, Kante, Ryudiger, Verner (Jiru, 82).
Lester – Shmeyxel, Kastan, Fofana, Evans (Olbrayton, 34), Tomas (Morgan, 82), Ndidi, Tilemans, Peres (Chouduri, 82), Suyunju, Iheanacho (Meddison, 67), Vardi.