fbpx Betguru » Laporta Messining «PSJ»ga o‘tishini tasdiqlad
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Laporta Messining «PSJ»ga o‘tishini tasdiqlad

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubini tark etgan hujumchi Lionel Messining «PSJ» o‘yinchisiga aylanishini tasdiqladi. Читать на Рус языке

«Messi «PSJ»ga o‘tadi. Uning «Barselona»da qolishini xohlagandim, ammo bunday bo‘lmadi. Uning qolishi uchun qo‘limdan kelganini qildim», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Tuttomercatoweb.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni «Barselona» Messining jamoadan ketganini, tomonlar moliyaviy cheklovlar tufayli yangi shartnoma imzolay olishmaganini e’lon qilgandi.

Argentinalik futbolchining «Barsa» bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugagandi. U butun faoliyati davomida kataloniyaliklar tarkibida harakat qilgan. O‘tgan mavsumda La Ligada 35ta o‘yin o‘tkazib, 30ta gol va 9ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

image