fbpx Betguru » Laporta: «Messi «Barsa»da qolishiga hech qanday umid yo‘q»
Sunday, 8 December 2024
← Go to the news

Laporta: «Messi «Barsa»da qolishiga hech qanday umid yo‘q»

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Lionel Messini klubda qolish imkoniyati haqidagi savolga javob qaytardi. Читать на Рус языке

«Bir necha soat oldin Leo va uning otasi Xorxe bilan gaplashdim. Uning klubda qolishiga hech qanday umid qolmagan. Moliyaviy qoidalarga ko‘ra buning umuman iloji yo‘q. Afsusdaman, ammo hozirgi vaziyat shunaqa. Yangi davr», – deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 5 avgust kuni Messi bilan shartnoma uzaytirilmasligini e’lon qilgandi. La Liga moliyaviy qoidalariga sababli klub katta maoshga ega futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan. Lionelning maoshini 50 foizga qisqartirishga rozi bo‘lgani ham vaziyatni o‘zgartirmadi. Futbolchi uchun asosiy da’vogar klub «PSJ» hisoblanmoqda.

image