fbpx Betguru » La Ligada ochko yo‘qotmagan jamoa qolmadi — «Atletiko» 90+5-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Friday, 13 December 2024
← Go to the news

La Ligada ochko yo‘qotmagan jamoa qolmadi — «Atletiko» 90+5-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Ispaniya chempionati 3-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda amaldagi chempion «Atletiko» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilib, 90+5-daqiqada avtogol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Shu tariqa 3-turdan keyin chempionatda ochko yo‘qotmagan jamoa qolmadi. «Atletiko» 7 ochko bilan 5-o‘rindan joy oldi. Emeri jamoasi qatorasiga 3-durangdan so‘ng 11-pog‘onada bormoqda.

Turnir jadvalini esa 7 ochkoga ega, to‘plar nisbatiga ko‘ra yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etgan «Real» boshqarib turibdi.

La Liga. 3-tur

Atletiko — Vilyarreal 2:2
29 avgust, «Vanda Metropolitano»
Gollar: Suares (56), Mandi (90+5, avtogol) — Trigeros (52), Danjuma (74).
Atletiko – Oblak, Tripper, Savich, Ximenes (Lodi, 88), Ermoso (Kondogbia, 80), Karrasko (de Paul, 70), Koke, Lemar (Kunya, 80), Lorente, Suares (Saul, 70), Korrea.
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Mandi, Estupinyan (Danjuma, 63), Alberto Moreno (Pedrasa, 63), Pino (Gaspar, 80), Kapu, Trigeros, Jerar Moreno, Dia (Koklen, 63).
Ogohlantirishlar: Korrea (28), Lemar (45), Suares (59), J.Moreno (61), de Paul (85), Ruli (85).

image