fbpx Betguru » La Liga. Suaresning goli va Oblakning qahramonligi «Atletiko»ga 3 ochko keltirdi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

La Liga. Suaresning goli va Oblakning qahramonligi «Atletiko»ga 3 ochko keltirdi

Ispaniya chempionatining 28-turida «Atletiko» o‘z maydonida «Alaves»ni qabul qilib, Luis Suaresning goli evaziga g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, madridliklar posboni Yan Oblak 86-daqiqada raqib hujumchisi Xoseluning penaltidan bergan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

«Atletiko» ochkolarini 66taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Alaves» 23 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.

La Liga, 28-tur

Atletiko — Alaves 1:0
21 mart, «Vanda Metropolitano»
Gol: Suares (54).
Amalga oshirilmagan penalti: Xoselu (86).
Atletiko – Oblak, Ermoso, Savich, Ximenes, Tripper, Lorente, Karrasko, Koke, Lemar (Errera, 74), Korrea (Saul, 74), Suares.
Alaves – Pacheko, Ximo Navarro, Lejen, Duarte, Laguardia (Tachi, 70), Xota (Mahmud, 70), Battalya, Mendes (Rioxa, 60), Pere Pons (Sayns, 80), Pelistri, Xoselu.

image