La Liga. «Sevilya» qatorasiga 5-g‘alabasiga erishib, «Real» bilan o‘rtadagi farqni qisqartirdi
Ispaniya chempionatining 32-turida «Sevilya» o‘z uyida «Granada»ni Rakitich va Okamposning gollari evaziga mag‘lub etdi.
Andalusiya klubi ochkolarini 70taga yetkazib oldi va endi «Real» hamda «Barselona»dan (zaxira o‘yini bor) 1 ochkoga ortda qolmoqda. «Granada» 42 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.
«Selta» Vigoda «Osasuna» (40 ochko) ustidan g‘alaba qozonib, 41 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi. «Osasuna» esa 10-o‘ringa tushdi.
La Liga, 32-tur, 25 aprel
Sevilya — Osasuna 2:1
Gollar: Rakitich (16, penalti), Okampos (53) — Soldado (90, penalti).
Sevilya – Bunu, Navas, Diyego Karlos, Kunde, Akunya, Fernando, Rakitich (Vaskes, 86), Okampos (Gudel, 86), Gomes (Oliver Torres, 73), Suso (Jordan, 59), de Yong (An-Nosiri, 59).
Granada – Ruy Silva, Neva (Molina, 72), Dias, Xerman Sanches, Fulke, Puertas, Errera, Gonalon (Montoro, 59), Kenedi (Kini, 46), Peres (Machis, 46), Suares (Soldado, 68).
Selta — Osasuna 2:1
Gollar: Aspas (42), Murilo (64) — R.Torres (76, penalti).
Selta – Vilyar, Fontan (Arauxo, 82), Murilo, Malo (Vaskes, 7), Aydu, Mendes (Solari, 61), Tapiya, Denis Suares, Nolito (Beltran, 61), Aspas, Santi Mina (Aaron Martin, 82).
Osasuna – Errera, Xuan Krus (Sanches, 46), Ramalo, Ronkalya, Unai Garsiya, Monkayola, Oyer Sanxurxo (Chimi Avila, 73), Ruben Garsiya (Roberto Torres, 46), Brashanats, Barxa (Xoni Rodriges, 46), Budimir (Galego, 74).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan