Sunday, 14 August 2022
← Go to the news

La Liga. «Real» qoldirilgan bahsda «Atletik»ni mag‘lub etib, eng yaqin ta’qibchisidan 7 ochkoga o‘zib ketdi

Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Real» o‘z maydonida «Atletik»ni qabul qilib, Benzemaning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

«Real» ochkolarini 36taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Atletiko»dan (29) 7 ochkoga o‘zib ketdi. Bilbao klubi 20 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

La Liga. 9-tur
Real — Atletik 1:0
1 dekabr, «Santyago Bernabeu»
Gol: Benzema (40).
Real — Kurtua, Vaskes (Nacho, 80), Militao, Alaba, Mendi, Kroos (Kamavinga, 80), Kazemiro, Modrich (Valverde, 70), Asensio (Rodrigo, 64), Benzema, Vinisius.
Atletik — Simon, Martines (de Markos, 46), Nunes, Alvares, Balensiaga, Zarraga, D.Garsiya (Vesga, 82), Vensedor (N.Uilyams, 64), Muniain (Berenger, 70), R.Garsiya (Sanchet, 70), I.Uilyams.
Ogohlantirishlar: Zarraga (31), Martines (43), Modrich (68), Kazemiro (78), I.Uilyams (78).