fbpx Betguru » La Liga. «Betis» — «Valensiya» bahsida kuchlar teng keldi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Betis» — «Valensiya» bahsida kuchlar teng keldi

Ispaniya chempionatining 33-turida «Betis» o‘z maydonida «Valensiya» bilan to‘qnash keldi. Qiziqarli bahsda jangovar durang qayd etildi. Fekir va Kanalesning gollariga Gedesh hamda Soler javob berishdi.

«Betis» ochkolarini 48taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Valensiya» 35 ochko bilan 14-pog‘onaga joylashgan.

La Liga, 33-tur, 18 aprel
Betis — Valensiya 2:2
Gollar: Fekir (12), Kanales (42) — Gedesh (22), Soler (61, penalti).
Betis – Bravo, Moreno (Miranda, 71), Ruis, Mandi, Emerson, Telo (Ruibal Garsiya, 82), Rodriges, Fekir (Karvalyu, 71), Xoakin (Laynes, 64), Xuanmi (Iglesias, 64), Kanales.
Valensiya – Domenek, Diakabi, Gayya, Gilyamon, Vass, Rachich (Oliva, 68), Soler (Pichchini, 68), Gedesh, Cherishev (Blanko, 68), Terri Korreyya, Gameyro (Kutrone, 67).

image