fbpx Betguru » La Liga. 7ta gol urilgan o‘yinda «Sevilya» safarda «Selta»dan ustun keldi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

La Liga. 7ta gol urilgan o‘yinda «Sevilya» safarda «Selta»dan ustun keldi

Ispaniya chempionatining 30-turini «Selta» — «Sevilya» bahsi yakunlab berdi. Murosasiz ruhda kechgan o‘yin andalusiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlardan Kunde, Rakitich, Fernando va Gomes to‘p kiritishgan bo‘lsa, vigoliklardan Aspas (2ta) va Mendes gol urishdi.

«Sevilya» ochkolarini 61taga yetkazib, 4-o‘rinni mustahkamlab oldi. 37 ochkoga ega «Selta» 10-pog‘onada qoldi.

La Liga, 30-tur

Selta — Sevilya 3:4
12 aprel, «Balaydos»
Gollar: Aspas (20 penalti, 23), Mendes (43) — Kunde (7), Fernando (35), Rakitich (60), Gomes (76).
Selta – Vilyar, Aaron Martin, Fontan, Aydu, Malo, Mendes, Denis Suares, Tapiya, Nolito (Baesa, 86), Aspas, Santi Mina (Ferreyra, 27; Beltran, 83).
Sevilya – Bunu, Diyego Karlos, Navas (Munir, 86), Kunde, Akunya, Jordan (Oliver Torres, 64), Fernando, Suso (Gomes, 67), Rakitich (Gudel, 86), Okampos, An-Nosiri (de Yong, 64).

image