fbpx Betguru » Klopp: «3 ochkodan mamnunman. «Chelsi», «Vest Hem» va boshqa jamoalarga qaramaymiz»
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Klopp: «3 ochkodan mamnunman. «Chelsi», «Vest Hem» va boshqa jamoalarga qaramaymiz»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 30-turidan o‘rin olgan «Arsenal» (3:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ajoyib o‘yin. Raqibga yuqori darajada bosim o‘tkazdik va kerakli darajada himoyalandik. 3 ochkodan juda mamnunman.

«Chelsi», «Vest Hem» va qolgan jamoalarga qaramaymiz. O‘z o‘yinlarimizda g‘alaba qozonishimiz shart. Ammo vaziyatdan kelib chiqsak, boshqa jamoalar ham mag‘lub bo‘lishi kerak. Chunki asosiy raqobatchilarimiz – «Chelsi» va «Lester» bilan boshqa o‘ynamaymiz. Ishlashda davom etamiz», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Ma’lumot o‘rnida, «Liverpul» g‘alabadan so‘ng 49 ochko bilan 5-o‘ringa chiqib oldi va endi 4-pog‘onadagi «Chelsi»dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.

image