fbpx Betguru » Keyn: «Mashg‘ulotlardan bosh tortganim yo‘q, rejadagidek ertaga «Tottenhem» qarorgohiga boraman»
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Keyn: «Mashg‘ulotlardan bosh tortganim yo‘q, rejadagidek ertaga «Tottenhem» qarorgohiga boraman»

«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn jamoani tark etish niyatida klub mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi.                          Читать на Рус языке

«Tottenhem»da debyutimni nishonlaganimdan keyin 10 yil vaqt o‘tdi. O‘tgan vaqt davomida siz muxlislarning qo‘llab-quvvatlashingizni doim his qilib turganman. Shu bois professionalligimni shubha ostiga qo‘yadigan o‘zim haqimdagi ayrim fikrlarni o‘qish men uchun og‘riqli.

Hozirgi vaziyatga chuqur yondoshmoqchi emasman. Shunchaki aytmoqchimanki, men hech qachon mashg‘ulotlardan bosh tortmaganman. Ta’tildan keyin rejadagidek ertaga klub qarorgohiga qaytaman», – deya yozadi Harri Keyn ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Avvalroq, Keyn «Manchester Siti»ga o‘tish maqsadida «Tottenhem» mashg‘ulotlarida qatnashmayotgani, klub rahbariyati esa futbolchini jarimaga tortmoqchi ekan haqida xabar berilgandi. Gvardiola esa Keynga klub tomonidan qiziqish borligi, ammo londonliklar rahbariyati muzokaraga kirishishni istamayotgani haqida gapirgan edi

image