← Go to the news
                 
                
                    
                        
                            
                        
                             
                    
                    
                
            
            
                        
         
                
                            02.06.2021
                                                                  182
                                    
                            
                        Karlo Anchelotti — «Real» bosh murabbiyi
Karlo Anchelotti «Real» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Читать на Рус языке
Italiyalik 61 yoshli mutaxassis «Everton» bilan shartnomasini bekor qildi va Madrid klubi bilan 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan bitim imzoladi.
Anchelottining shtabidan 2016 yildan 2019 yilgacha «Real»da ishlagan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintus va Karloning o‘g‘li Davide Anchelotti o‘rin oladi.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha ham «qirollik klubi»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Ispaniya Kubogi va Superkubogida g‘olib bo‘lgan.
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan