← Go to the news
17.05.2021
112
«Jenoa» – «Atalanta» o‘yinida 7ta gol kiritildi, Eldor zaxiradan maydonga tushib A Seriyadagi ilk dublini nishonladi
Italiya A Seriyasi 37-turi doirasida «Jenoa» o‘z maydonida A Seriya peshqadamlaridan biri «Atalanta»ni qabul qildi. Читать на Русском языке
Uchrashuvning birinchi bo‘limidan keyin mehmonlar uchta gol farqi bilan hisobda oldinga chiqib, g‘alabani deyarli rasmiylashtirgan edi. Ikkinchi bo‘limda esa Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, o‘yinda burilish yasay oldi.
Maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tib, 48-daqiqada Eldor ajoyib zarbasi bilan hisobdagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, orada Pashalich farqni yana uchtaga yetkazdi. 67-daqiqada Pandev penaltidan hisobni qisqartirdi, 84-daqiqada esa Shomurodov yana katta sahnaga chiqdi. Eldor darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib, o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi – 3:4.