fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Yaponiya Mo‘g‘uliston darvozasiga 14ta urdi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Yaponiya Mo‘g‘uliston darvozasiga 14ta urdi

JCH-2022 Osiyo saralash bosqichi doirasida Yaponiya milliy jamoasi «F» guruhi 7-turi doirasida Mo‘g‘uliston ustidan o‘ta yirik hisobda zafar quchdi.

Yaponiyaning Tibo shahrida markazlashgan holda o‘tayotgan guruh bosqichi doirasidagi bahsda yaponlar mo‘g‘ullar darvozasiga javobsiz 14ta gol kiritishdi. O‘yinda hisobni Minamino ochib bergan bo‘lsa, Osako va Inogaki het-trik, Furuhashi va Ito dubl qayd etishdi.

Natijada Yaponiya guruhdagi ochkolari sonini 15taga yetkazgan bo‘lsa, Tojikiston 10 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Mo‘g‘uliston esa 3 ochko bilan so‘nggi – 5-pog‘onani band etib turibdi.

JCH-2022 saralash bosqichi.
F guruhi. 7-tur.
Mo‘g‘uliston – Yaponiya – 0:14
Gollar: Takumi Minamino – 13, Yuya Osako – 23, Daiti Kamada – 27, Morita – 33, Tuya – 39, Yuya Osako – 55, Inagaki – 67, Ito – 73, Furuhashi – 78, Ito – 79, Furuhashi – 86, Takuma Asano – 90+1, Yuya Osako – 90+2, Inogaki – 90+3.

image