fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Yaponiya Avstraliyadan ustun keldi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Yaponiya Avstraliyadan ustun keldi

12 oktyabr kuni Osiyoning bir qator stadionlarida JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan 4-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Dastlabki bahs kunchiqar mamlakatda Yaponiya va Avstraliya o‘rtasida o‘tdi. Unda maydon egalari okeaniyaliklar ustidan g‘alaba qozonishdi – 2:1. Aziz Bekxichning 85-daqiqadagi avtogoli mezbonlarga uch ochko keltirdi.

Natijada, Yaponiya 4 o‘yindan keyin 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinda qoldi. Avstraliya mag‘lubiyatga qaramay, hozircha 9 ochko bilan peshqadam bo‘lsa, Saudiya Arabistoni 3 o‘yindan keyin 9 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Ular bugun Xitoyga qarshi to‘p surishadi.

JCH-2022 saralashi. Osiyo.
«V» guruhi. 4-tur
Yaponiya – Avstraliya 2:1
Gollar: Ao Tanaka 8, Aziz Bexich 85, avtogol – Aydin Xrustich 70.

image