fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Son Hyon Minning goli Janubiy Koreyaga Livan ustidan irodali g‘alaba keltirdi. Livanliklar so‘nggi turda O‘zbekiston va yana ikki jamoaning mag‘lubiyatini kutishadi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Son Hyon Minning goli Janubiy Koreyaga Livan ustidan irodali g‘alaba keltirdi. Livanliklar so‘nggi turda O‘zbekiston va yana ikki jamoaning mag‘lubiyatini kutishadi

JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi 10-turi doirasidagi dastlabki o‘yin Janubiy Koreyaning Koyan shahrida yakuniga yetdi. Читать на Рус языке 

So‘nggi tur o‘yinida «H» guruhi g‘olibi Janubiy Koreya va Livan milliy jamoalari to‘qnash kelishdi. O‘yin mezbonlar uchun rasmiyatchilik uchun o‘tgan bo‘lsa, Livan g‘alaba evaziga keyingi bosqich masalasini naqd qilishi mumkin edi.

12-daqiqada hisob kutilmaganda mehmonlar tomonidan ochildi. Hasan Al Saad jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo 51-daqiqada Min Gyu Song, 66-daqiqada esa Son Hyon Min penaltidan gol kiritib, koreyslarga irodali g‘alaba keltirishdi – 2:1.

Natijada Janubiy Koreya 16 ochkoga ega bo‘lgan bo‘lsa, Livan 10 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. Shunga qaramay, livanliklar eng yaxshi natijaga ega 2-o‘rindagilar orasida 10 ochko va +3 to‘plar nisbati bilan 9 ochkoga ega 4-o‘rindagi O‘zbekistondan bir pog‘ona yuqorida turibdi. So‘nggi turda livanliklar O‘zbekiston, BAA, Eronning mag‘lubiyatini kutishadi. Durang ham bu jamoani qutqara olmaydi. Shuningdek, Iordaniya ham Avstraliyani mag‘lub etmasligi lozim. Aks holda Livan 3-saralash bosqich yo‘llanmasidan quruq qoladi.

10-tur. 13 iyun (yakshanba)
Janubiy Koreya – Livan – 2:1
Gollar: Min Gyu Song 61, Son Hyon Min 66 pen., – Hasan Al Saad 12.

image