fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Niderlandiya Turkiyaga 6ta gol urdi, Depayda het-trik. Grizmanning dubli Fransiyaga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Niderlandiya Turkiyaga 6ta gol urdi, Depayda het-trik. Grizmanning dubli Fransiyaga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

Yevropa qit’asida Jahon chempionati saralashi doirasida 6-turning bir qancha o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Niderlandiya o‘z maydonida Turkiyaga 6ta gol urib, 13 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanib oldi. Mezbonlar safida Depay het-trikka erishdi. Guruhning yana bir bahsida Norvegiya Gibraltardan yirik hisobda ustun keldi, Holand het-trik qayd etdi.

Fransiya Grizmanning dubli evaziga Finlyandiyani mag‘lub etib, 5 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi. Qozog‘iston esa Bosniyada 90+5 daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Daniya qatorasiga 6-g‘alabasiga erishdi va hamon gol o‘tkazmayapti. Shuningdek, Xorvatiya va Rossiya ham navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

JCH-2022 saralashi. Yevropa
6-tur. 7 sentyabr

A guruhi
Irlandiya — Serbiya 1:1
Gollar: Milenkovich (87, avtogol) — Milinkovich-Savich (20).

D guruhi
Fransiya — Finlyandiya 2:0
Gollar: Grizmann (25, 54),
Fransiya — Loris, Zuma, Varan, Kimpembe (Langle, 90), Dyubua (Mukiele, 67), Keyn, Pogba, Teo, Grizmann (Tchuameni, 90) Marsyal (Ben-Yedder, 80), Benzema.

Bosniya va Gersegovina — Qozog‘iston 2:2
Gollar: Pyanich (71, penalti), Menalo (86) — Kuat (52), Zaynutdinov (90+5).

F guruhi
Daniya — Isroil 5:0
Gollar: Poulsen (28), Ker (31), Skov (41), Dileyni (58), Kornelius (90+1).

Avstriya — Shotlandiya 0:1
Gol: Dayks (30, penalti).

Farer orollari — Moldova 2:1
Gollar: Olsen (68), Vatnsdal (72) — Milenchianu (84).

G guruhi
Niderlandiya — Turkiya 6:1
Gollar: Klassen (1), Depay (16, 38 penalti, 54), Til (80), Malen (90) — Under (90+2).
Niderlandiya – Beylo, de Vrey, van Deyk, Dumfris, Blind, de Yong (Kapmeyners, 46), Klassen (Gravenberx, 71), Bergeys, Veynaldum (Til, 60), Bergveyn (Malen, 60), Depay.
Turkiya – Chaqir, Suyunchi, Ayxan, Demiral, Muldur, Yokushlu, Under, Ko‘kchi (To‘fon), Chalxono‘g‘li (Darvisho‘g‘li, 77), Yilmaz (Akturko‘g‘li, 46,) Karaman (Qoboq, 46, Doniya).

Norvegiya — Gibraltar 5:1
Gollar: Torstvedt (23), Holand (27, 39, 90+1), Syorlot (59) — Stayk (43).

Chernogoriya — Latviya 0:0

N guruhi
Rossiya — Malta 2:0
Gollar: Smolov (10), Bakayev (84, penalti).
Rossiya – Gilerme, Karavayev, Diveyev, Osipenko, Kuzyayev, Ionov (Jemaletdinov, 79), Yeroxin (Zobnin, 46), Zaxaryan (Bakayev, 46), Barinov, Miranchuk (Samoshnikov, 58), Smolov (Zabolotniy, 71).

Xorvatiya — Sloveniya 3:0
Gollar: Livayya (33), Pashalich (66), Vlashich (90+4).
Xorvatiya – Ivushich, Barishich, Lovren (Chaleta-Sar, 77), Yuranovich, Vida, Pashalich, Brozovich, Kovachich (Ivanushets, 76), Perishich (Cholak, 86), Kramarich (Orshich, 77), Livaya (Vlashich, 58).
Sloveniya – Oblak, Mevlya, Stoyanovich (Zaxovich, 88), Balkovets (Yurchevich, 66), Gorens-Stankovich (Skubits, 65), Lovrich, Biyol, Gnezda-Cherin, Kurtich, Ilichich (Mlakar, 54), Sheshko (Shporar, 65).

Slovakiya — Kipr 2:0
Gollar: Shrans (55), Koschelnik (78)

image