fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Mitrovichning dubli Serbiyaga g‘alaba keltirdi, Sloveniya Kiprga yutqazdi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Mitrovichning dubli Serbiyaga g‘alaba keltirdi, Sloveniya Kiprga yutqazdi

Yevropa qit’asida JCH-2022 saralashi doirasida guruh bosqichi 3-tur o‘yinlari boshlandi.

Serbiya safarda Ozarboyjon ustidan Mitrovichning dubli evaziga g‘alaba qozondi va ochkolarini 7taga yetkazib, guruh peshqadamiga aylanib oldi.

O‘tgan turda Slovakiyadan 1 ochko olgan Kipr bu safar Sloveniyani mag‘lub etishga erishdi.

JCH-2022 saralashi. Yevropa
3-tur, 30 mart
A guruhi
Ozarboyjon — Serbiya 1:2
Gollar: Mahmudov (59, penalti) — Mitrovich (16, 81).
Ozarboyjon – Magomedaliyev, Guseynov, Guseynov, Krivotsyuk, Salahli (Xalilzoda, 72), Mahmudov, Badalov, Ibragimli, Medvedev, Gorbani (Sheydayev, 69), Nuriyev (Emreli, 69; Jafarguliyev, 79).
Serbiya – Raykovich, Spayich, Pavlovich, Mitrovich, Kostich (Jivkovich, 64), Gudel, Radonich (Ristich, 86), Maksimovich (Gruyich, 64), Milinkovich-Savich, Tadich (Yovich, 75), Mitrovich (Vlahovich, 86).

N guruhi
Kipr — Sloveniya 1:0
Gol: Pittas (42).
Kipr – Mixail, Kusulos, Layfis, Sotiriu, Ioannu, Antoniu, Kastanos (Kiriyaku, 60), Papulis (Loizu, 82), Artimatas (Gogich, 90+2), Pittas, Sotiriu (Ilia, 90+2).
Sloveniya – Oblak, Stoyanovich, Balkovets (Kouter, 81), Bayrich, Blajich, Lovrich (Zahovich, 81), Zays (Bohar, 46), Ilichich, Kurtich, Kramer (Vukchich, 58), Biyol (Chrnigoy, 58).

image