fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Kanada Meksikani mag‘lub etib, 1-o‘ringa chiqib oldi va boshqa natijalar
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Kanada Meksikani mag‘lub etib, 1-o‘ringa chiqib oldi va boshqa natijalar

Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasida (KONKAKAF) jahon chempionati saralashi doirasida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Peshqadam AQSH safarda Yamaykani mag‘lub etolmadi. Bundan foydalangan Kanada Meksika ustidan g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shuningdek, tur doirasida Kosta-Rika va Panama o‘z hisobiga 3 ochkodan yozdirib qo‘ydi.

JCH-2022 saralashi. KONKAKAF
8-tur. 17 noyabr
Kanada — Meksika 2:1
Gollar: Larin (45+2, 52) — Errera (90).

Yamayka — AQSH 1:1
Gollar: Antonio (22) — Vea (11).

Kosta-Rika — Honduras 2:1
Gollar: Duarte (20), Torres (90+5) — Kioto (35).

Panama — Salvador 2:1
Gollar: Uoterman (50), Gondola (52) — Enrikez (1).

Ishonchli Bukmeker

image