fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Janubiy Koreya Shri-Lankani tor-mor etib, guruhdan chiqish masalasini deyarli hal etdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Janubiy Koreya Shri-Lankani tor-mor etib, guruhdan chiqish masalasini deyarli hal etdi

JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreya milliy jamoasi Shri-Lankaga qarshi maydonga tushdi. Читать на Рус языке

Uchrashuvda koreyaliklar raqiblarini ayab o‘tirishmadi – 5:0. Shu kuni Son Hyon Min zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.

Ushbu g‘alabadan keyin Janubiy Koreya milliy jamoasi 13 ochko bilan guruhda yaqqol peshqadamga aylanib olib, keyingi bosqich yo‘llanmasi masalasini deyarli hal etdi. Turkmanistonga mag‘lub bo‘lgan Livan 10 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Turkmaniston saralash bosqichini 9 ochko bilan 3-o‘rinda yakunladi. Qayd etish joiz, Livan 10 ochko bilan 2-o‘rinlar orasida eng yaxshi natijaga ega bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya so‘nggi turda Livan qarshi maydonga tushadi. O‘yin 13 iyun kuni o‘tkaziladi.

JCH-2022 saralash bosqichi. 9-tur
9 iyun (chorshanba)
Shri Lanka – Janubiy Koreya – 0:5
Gollar: Kim Shin Vuk 14, 42, Dong Li 22, Xvan Xi Chxan 53, Bin Yon 77.

image