fbpx Betguru » Italiya mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekordini yangiladi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Italiya mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekordini yangiladi

Italiya milliy jamoasi Yevro-2020 chorakfinalida Belgiyani mag‘lub etib (2:1), yarimfinalga yo‘llanma oldi. Читать на Рус языке

Ushbu o‘yindagi g‘alaba bilan Roberto Manchini shogirdlari mag‘lubiyatsiz seriyani 32ta o‘yinga yetkazib, bu borada yangi rekord o‘rnatishdi.

Bungacha Vitoriya Potssi murabbiyligidagi Italiyaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 1935 yildan 1939 yilga qadar ketma-ket 30 o‘yinga yetgandi. Roberto Manchini qo‘l ostidagi «Skuadra Adzurra» 82 yillik rekordni yangilashdi.

Ma’lumot uchun, Manchini 2018 yilda «Zenit»ni tark etib, Italiya milliy jamoasini qabul qilib olgandi.

Italiyaliklar yarimfinalda 6 iyul kuni Londonda Ispaniyaga qarshi maydonga tushib, final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, «Moviy gvardiya» 2012 yildan buyon katta turnirlarda yarimfinalga chiqa olmayotgandi.

image