fbpx Betguru » Ikkita penalti, 6ta gol. «Inter» A Seriyani yirik g‘alaba bilan yakunlandi
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Ikkita penalti, 6ta gol. «Inter» A Seriyani yirik g‘alaba bilan yakunlandi

A Seriya 38-turi doirasida «Inter» o‘z mayonida «Udineze»ga qarshi maydonga tushdi. Читать на Рус языке 

Mavsumdagi so‘nggi o‘yinda Antonio Konte jamoasi mehmon jamoa ustidan yirik hisobda zafar quchdi. Yang hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik Eriksen, Martines, Pereshich va Lukaku farqni 5taga yetkazishdi. 79-daqiqaga kelib Pereyra 11 metrlik nuqtadan hisobni biroz qisqartirdi – 5:1.

Natijada milanliklar chempionatni 91 ochko bilan 1-o‘rinda yakunlashdi. «Udineze» esa «Jenoa»ni ortda qoldira olmay, 40 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.

A Seriya. 38-tur
Inter – Udineze 5:1
Gollar: 1:0 – 8 Yang, 2:0 – 44 Eriksen, 3:0 – 55, penalti Martines, 4:0 – 64 Perishich, 5:0 – 71 Lukaku, 5:1 – 79, penalti Pereyra.
Inter – Handanovich (Padelli, 46), Xakimi (Perishich, 57), Ranokkiya, D`Ambrozio, Yang, Sensi (Eriksen, 39), Galyardini, Vesino, Bastoni, Martines (Lukaku, 57), Pinamonti (Sanches, 65).
Udineze – Musso (Gasparini, 88), Molina, Larsen, Bonifatsi, Zegelar (Foresteri, 59), Pereyra, Uolas (Palumbo, 88), Samir, de Paul (Makengo, 69), Rodrigo Bekao, Okaka Chuka (Lorente, 59).

image