← Go to the news

09.09.2021
117
Grizmann Fransiya milliy jamoasidagi gollar soni bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarildi
Fransiya milliy jamoasi hujumchi Antuan Grizmann JCH-2022 saralashi doirasidagi Finlyandiya (2:0) bilan o‘yinda dublga erishdi.
Natijada 30 yoshli futbolchi milliy jamoadagi gollarini 41taga yetkazib, Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida 3-o‘ringa chiqib oldi.
«Atletiko» forvardi bu ko‘rsatkich borasida Mishel Platiniga yetib oldi. Oldinda Olive Jiru (46) va Terri Anri (51) bor.
Taqqoslash uchun, Grizmann bu mavsumda «Barsa» safida La Ligadagi 3ta o‘yinda birorta samarali harakatni amalga oshirmagandi, milliy jamoada esa 3ta bahsda 3ta gol urd