fbpx Betguru » Goncharenko iste’foga chiqarildi. Ivitsa Olich SSKA bosh murabbiyiga aylanadi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Goncharenko iste’foga chiqarildi. Ivitsa Olich SSKA bosh murabbiyiga aylanadi

Moskvaning SSKA va Germaniyaning «Bavariya» klubi sobiq hujumchisi Ivitsa Olich Rossiya Premer-ligasiga murabbiy sifatida qaytishi kutilmoqda.

Bugun, 22 mart kuni SSKA jamoa bosh murabbiyi Viktor Goncharenko iste’foga chiqarilgani haqida rasman e’lon qildi. Belaruslik murabbiy 2016 yilning dekabr oyidan buyon Moskva klubida ishlab kelayotgandi.

«Chempionat.com» xabariga ko‘ra, xorvatiyalik sobiq futbolchi Moskvaning SSKA klubi bilan shartnoma imzolagan. «Armiyachilar» 23 mart kuni Olichni bosh murabbiy sifatida tanishtirishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Olich 2003-2006 yillar davomida SSKAda to‘p surib, 112 o‘yinda 41ta golga mualliflik qilgan. U bungacha Xorvatiya milliy jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, SSKA o‘tgan haftada RPL 23-turi doirasida «Zenit»ga mag‘lubiyatga (2:3) uchragach, klub rahbariyati belaruslik bosh murabbiy Viktor Goncharenkoni iste’foga chiqargani haqida xabarlar tarqalgan va 22 mart kuni klub iste’foni tasdiqladi.

SSKA RPL 23-turidan keyin 40 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

image