fbpx Betguru » Gnabri koronavirus yuqtirib oldi va «PSJ»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazadi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Gnabri koronavirus yuqtirib oldi va «PSJ»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazadi

«Bavariya» yarimhimoyachisi Serj Gnabrining koronavirusga topshirgan testi musbat natija berdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazilgan. Futbolchi 10 kundan ko‘proq vaqt davomida jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmaydi.

Shu tariqa, Gnabri Chempionlar ligasi chorakfinali doirasidagi «PSJ»ga qarshi o‘tadigan 7 va 13 aprel kungi o‘yinlarda «Bavariya»ga yordam bera olmaydi.

Avvalroq, myunxenliklarning yana bir yetakchisi Robert Levandovski jarohati sababli bir oyga safdan chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» – «PSJ» o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 7 aprel, chorshanba oqshomida Myunxenda o‘tkaziladi.

image