← Go to the news
17.05.2021
105
Ferran Torres Messini ortda qoldirib, Gvardiola jamoalarida het-trikka erishgan eng yosh futbolchiga aylandi
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Ferran Torres APLning 36-turidan o‘rin olgan «Nyukasl» (4:3) bilan bahsda raqib darvozasiga 3 bor to‘p kiritdi.
Bu – ispaniyalik futbolchining klublar miqyosidagi ilk het-trigi. Milliy jamoada esa Millatlar Ligasi doirasida Germaniyaga (6:0) qarshi o‘yinda 3ta gol urgandi.
Opta’ning ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshu 75 kunlik xavbek Gvardiola jamoalarida het-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bungacha Pep qo‘l ostida het-trikka erishgan eng yosh o‘yinchi Lionel Messi edi – 22 yoshu 200 kunligida, «Barsa»da.