fbpx Betguru » Emeri: «MYU» favorit, ammo bizda ham finalda g‘alaba qozonish uchun sabablar bor»
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Emeri: «MYU» favorit, ammo bizda ham finalda g‘alaba qozonish uchun sabablar bor»

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasi finalidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Читать на Рус языке

«O‘zimiz bilan faxrlanamiz va qolgan so‘nggi qadam uchun javobgarlikni his qilamiz. Bundan keyin ham loyihamiz rivojlanishdan to‘xtamaydi.

Yevropa Ligasida raqobat sezilarli darajada oshdi. G‘alaba qozonishni maqsad qilgan top-klublar juda ko‘p va «Vilyarreal» ham ular qatoridan joy oldi.

«MYU»ga qarshi kurashish uchun eng yaxshi holatda bo‘lishimiz kerak, chunki raqib – juda yaxshi jamoa. «MYU» favorit va ajoyib tarixga ega. Ammo bizda ham finalda g‘alaba qozonish uchun sabablar bor.

Mushuk-sichqon o‘ynamaymiz. Bahsni nazorat qilishimiz, shuningdek, raqibga eng yaxshi jihatlarini namoyish etishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. G‘alaba qozona olmasak, nima bo‘lishi haqida o‘ylamaymiz.

«MYU» futbolchilarni almashtirish uchun yetarli resurslarga ega. Raqibni, turnirni, finalni hurmat qilamiz. Ammo «MYU»dagi yo‘qotishlar evaziga emas, balki o‘z g‘oyalarimiz orqali g‘alaba qozonmoqchimiz», – deya Emerining so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

image