← Go to the news
17.05.2021
115
David Luiz mavsum yakunida «Arsenal»ni tark etadi
David Luiz joriy mavsum yakunida «Arsenal»ni tark etadigan bo‘ldi.
Sky Sports’ning xabar berishicha, 34 yoshli braziliyalik himoyachining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Klub David Luizga hali yangi shartnoma borasida taklif bermagan bo‘lsa-da, futbolchi London klubini tark etmoqchi ekani haqida jamoa rahbariyati va bosh murabbiy Mikel Artetani xabardor qilgan.
David Luis mart oyi yakunidan buyon jarohati sababli maydonga tusha olmayotgan, 2 may kuni esa «Nyukasl»ga (2:0) qarshi bahsda maydonga tushib yana jarohat olib safdan chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, Luiz 2019 yilda «Chelsi»dan «Arsenalga o‘tgan edi. 34 yoshli futbolchi joriy mavsum jami 30 o‘yinda maydonga tushgan.