fbpx Betguru » Brentford» pley-off finalida «Suonsi»ni mag‘lub etib, ilk marta APLga yo‘llanma oldi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Brentford» pley-off finalida «Suonsi»ni mag‘lub etib, ilk marta APLga yo‘llanma oldi

Brentford» pley-off finalida «Suonsi»ni mag‘lub etib, ilk marta APLga yo‘llanma oldi    Читать на Рус языке

Chempionshipdan Angliya Premer-ligasiga yo‘llanma olgan so‘nggi 3-jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

«Uembli» stadionida APLga chiqish uchun kechgan pley-off o‘yinlari final bahsida «Brentford» «Suonsi»ga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, «Brentford» o‘z tarixida ilk marta yangi mavsumdan Premer-ligada ishtirok etadi. Ushbu klub 1946/47 yilgi mavsumdan keyin ilk marta Angliya yuqori divizionida to‘p suradi.

Bungacha «Norvich» va «Uotford» Chempionshipda 1-2-o‘rinlarni egallab, Premer-ligaga qaytishgan edi.

APLga chiqish uchun pley-off o‘yini. Final.
Brentford – Suonsi 2:0
Gollar: 1:0 – 10, penalti Touni, 2:0 – 20 Markondes.
Brentford – Rayya, Dalsgor, Pinnok, Yansson (Rid, 79), Roerslev, Kanos (Forss, 74), Yensen, Markondes, Yanelt (Goddos, 74), Mbemo, Touni.
Suonsi – Vudmen, Noton (Kallen, 60), Gei, Kabango, Roberts, Graymz, Xurixeyn (Danda, 63), Ayyu, Fulton, Lou, Biduell (Menning, 82).

image