fbpx Betguru » Benzema: «Klasiko – futboldagi eng yaxshi o‘yin sifatida qolmoqda. Maydonda kimlar o‘ynashi muhim emas»
Wednesday, 8 May 2024
← Go to the news

Benzema: «Klasiko – futboldagi eng yaxshi o‘yin sifatida qolmoqda. Maydonda kimlar o‘ynashi muhim emas»

«Real» forvardi Karim Benzema «Barselona»ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

«Klasiko – futboldagi eng yaxshi o‘yin sifatida qolmoqda. Kimlar maydonga tushayotgani, kim ketib, kimlar kelgani muhim emas. «Real» – «Barsa» – tarixiy voqea. Bu to‘qnashuvda har doim nomlar o‘zgarib kelgan. Avval Zidan, Ronaldino, Ronaldo, Eto’O o‘ynardi, keyin esa ularning o‘rniga yangi nomlar paydo bo‘lgandi. Shu bois, bu bahs nomlar bilan emas, har doim «Real» – «Barsa» qarama-qarshiligi sifatida e’tiborda bo‘ladi.

Klasiko uchun qulay fursat yo‘q. «Barsa» singari top-klub bir o‘yinda yaxshi o‘ynay olmasligi mumkin, ammo muhim o‘yinda o‘ziga kela oladi. Bu shunday bahski, raqib qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar o‘yinga yengil qarab bo‘lmaydi», – deydi Benzema Marca bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, «El-Klasiko» La Liga doirasida 24 oktyabr kuni Madridda o‘tkaziladi. «Real» 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Barsa» bir o‘yin zaxirasiga ega bo‘lib, 12 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

image