fbpx Betguru » Bavariya» «Bayer»ni mag‘lub etib chempionlikka yaqinlashdi, «Shalke» Bundesligani tark etdi
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

Bavariya» «Bayer»ni mag‘lub etib chempionlikka yaqinlashdi, «Shalke» Bundesligani tark etdi

Germaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«Bavariya» o‘z uyida «Bayer» ustidan g‘alaba qozondi va autsayder «Kyoln»ga yutqazgan 2-o‘rindagi «Leypsig» bilan o‘rtadagi farqni 10 ochkoga yetkazdi. Navbatdagi g‘alaba Myunxen klubiga muddatiddan avval chempionlikni taqdim etadi.

«Shalke» safarda «Arminiya»ga yutqazdi va Bundesligani tark etdi. So‘nggi o‘rindagi Gelzenkirxen klubi (13 ochko) qolgan 4 turda g‘alaba qozonsa ham, 17-pog‘onadagi «Kyoln»ga (26) yetolmaydi.

Shuningdek, tur doirasida «Ayntraxt» «Augsburg»dan ustun kelib, 56 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi.

Bundesliga, 30-tur, 20 aprel

Bavariya — Bayer 2:0
Gollar: Shupo-Moting (7), Kimmix (13).
Bavariya – Noyer, Pavar (Sarr, 82), Boateng (Nyanzu, 63), Lyuka Ernandes, Devis, Alaba, Kimmix, Musiala (Skott, 82), Shupo-Moting, Myuller (Goretska, 63), Koman (Sane, 63).
Bayer – Gradetski, Frimpong (Virts, 46), Bender (Amiri, 70), Ta, Tapsoba, Sinkgraven (Vendell, 83), Arangis (Demirbay, 60), Palasios, Shik, Beyli, Diabi (Belarabi, 46).

Kyoln — Leypsig 2:1
Gollar: Hektor (46, 60) — Aydara (59).
Kyoln – Horn, Exizibue (Shmits, 75), Chixos, Bornauv, Horn, Volf (Kayns, 66), Dreksler (Mayer, 90), Hektor (O‘zjan, 90), Shiri, Rejbechay, Duda.
Leypsig – Gulachi, Mukiyele (Hvan Hi Chan, 77), Klostermann, Upamekano, Halstenberg (Klyuyvert, 66), Kampl, Nkunku, Adams (Anxelino, 61), Aydara, Forsberg (Olmo, 61), Syorlot.

Ayntraxt — Augsburg 2:0
Gollar: Hinteregger (37), Silva (58).

Arminiya — Shalke 1:0
Gol: Klos (50).

image