fbpx Betguru » «Barsa» Depay va Garsiyani La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi. Buning uchun Pike maoshi kamayishiga rozi bo‘ldi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

«Barsa» Depay va Garsiyani La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi. Buning uchun Pike maoshi kamayishiga rozi bo‘ldi

«Barselona» klubi La Liga 1-turidan avval Memfis Depay, Erik Garsiya va Rey Manay singari o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganini e’lon qildi. Читать на рус языке

Klub matbuot xizmatining qayd etishicha, jamoa sardorlaridan biri sanalmish Jerar Pikening maoshini kamayishiga rozi bo‘lgani klubning bu futbolchilarni La Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olishiga imkon yaratgan.

Shuningdek, klub Serji Buskets va Jordi Albaning maoshini qisqartirish uchun futbolchilar bilan muzokarani davom ettirmoqda. Ikki o‘yinchi ham bu borada klub rayiga qarshi bormoqchi emas.

Shu tariqa, Depay, Garsiya va Manay «Barselona»ga 1-tur doirasidagi «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinga yordam bera olishi mumkin.

Avvalroq, klub jamoaning yana bir yangi futbolchisi Serxio Agueroni yaqin haftalarda La Liga uchun «zayavka»dan o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

image