fbpx Betguru » Azar va Kroos jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi. Ular «Liverpul»ga qarshi o‘yinda «Real»ga yordam bera olishi mumkin
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Azar va Kroos jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi. Ular «Liverpul»ga qarshi o‘yinda «Real»ga yordam bera olishi mumkin

«Real» yarimhimoyachisi Eden Azar jarohatidan kutilganidan tezroq tiklanmoqda, deya yozadi Marca.

Manbaning yozishicha, belgiyalik yarimhimoyachi bel qismidan olgan jarohatidan keyin bugun ilk marta jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. 30 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi birinchi o‘yindayoq Madrid klubiga yordam berishi kutilmoqda.

Azardan tashqari, Toni Kroos ham jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilgan. Germaniyalik yarimhimoyachi shanba kuniyoq «Eybar»ga qarshi bahsda «Real»ga yordam bera olishi mumkin.

Avvalroq, Azar jarohati sababli qariyb bir oyga safdan chiqqani, jarrohlik stoliga yotgan taqdirda mavsum yakunigacha safdan chiqishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, «Real»ning «Liverpul»ga qarshi dastlabki o‘yini 6 aprel kuniga belgilangan

image