← Go to the news
24.03.2021
121
Arteta: «Ehtimol, mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik. Lekin «Arsenal»da ikki xil qiyofa bo‘lmasligi kerak»
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 29-turidan o‘rin olgan «Vest Hem»ga (3:3) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, «to‘pchilar» ushbu bahsda 0:3 hisobini 3:3ga aylantirib, kambek qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
«Buni tushuntirish qiyin. «Vest Hem» har qanday jamoaga muammolar tug‘dirishi mumkin. Ular birinchi to‘pni ajoyib tarzda kiritishdi. Lekin keyingi gollarni qabul qilish mumkin emas.
Umuman olganda, jamoa darajasini ko‘rsata oldi. Ehtimol, mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik. 6-7 gol urib, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi.
Rejamizga rioya qildik. Yigitlar o‘yinni tashlab yubormasliklariga ishonardim. Ammo bizda ikki xil qiyofa bo‘lmasligi kerak».