fbpx Betguru » APL. «Vest Hem» «Brayton»ni mag‘lub eta olmay, YeCHLga chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi. «Lids» va «Sauthempton»da ishonchli g‘alaba
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. «Vest Hem» «Brayton»ni mag‘lub eta olmay, YeCHLga chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi. «Lids» va «Sauthempton»da ishonchli g‘alaba

Angliya chempionatining 36-turida «Vest Hem» mehmonda «Brayton»ni yenga olmadi va 59 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi. «Brayton» esa 38 ochko bilan 17-pog‘onaga joylashgan. Читать на Русском языке 

London klubi Premer-liga yakuniga ikki tur qolganida Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatini juda ham pasaytirib yubordi. Moyes jamoasi 4-o‘rindagi «Chelsi»dan (64) 5 ochkoga ortda va to‘plar nisbati ko‘rtsatkichi raqiblariga nisbatan yomonroq.

Shuningdek, tur doirasida «Lids» va «Sauthempton» ishonchli g‘alabaga erishdi.

APL. 36-tur, 15 may

Brayton — Vest Hem 1:1
Gol: Uelbek (84) — Benrahma (88).
Brayton – Sanches, Bern, Uebster, Uayt, Moder, Alsate (Lallana, 67), Gross, Jaxonbaxsh (Tau, 73), Bissuma, Trossard (Zekiri, 83), Uelbek.
Vest Hem – Fabianski, Soufal, Ogbonna, Kressuell, Douson, Souchek, Lingard, Rays, Fornals, Bouen (Benrahma, 64), Antonio.

Byornli — Lids 0:4
Gollar: Klix (54), Harrison (59), Rodrigo (77, 79).
Byornli – Pikok-Farrell, Louton, Teylor, Tarkovski, Mi, Vestvud, Braunhill, Kork, Maknil (Gudmundsson, 70), Vidra (Rodriges, 65), Vud (Barns, 65).
Lids – Mele, Eyling, Streyk, Lorente, Dallas, Klix (Roberts, 76), Harrison, Alioski, Fillips, Rafinya (Poveda, 81), Bemford (Rodrigo, 58).

Sauthempton — Fulhem 3:1
Gollar: Adams (27), Tella (60), Uolkott (90) — Karvalyu (75).
Sauthempton – Makkarti, Salisu, Vestergor, Uoker-Piters, Stivens, Redmond, Uord-Prouz, Armstrong (Diallo, 78), Minamino (Uolkott, 76), Adams, Ingz (Tella, 58).
Fulxxhem – Areolya, Andersen, Ayna (Brayen, 62), Adarabioyo, Tete, Onoma (Maja, 76), Rid, Dekordova-Rid, Karvalo, Kavaleyru, Zambo-Angissa (Lukman, 63).

image