fbpx Betguru » APL. «Vest Bromvich» Londonda «Arsenal»ga yutqazib, Chempionshipga ravona bo‘ldi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

APL. «Vest Bromvich» Londonda «Arsenal»ga yutqazib, Chempionshipga ravona bo‘ldi

Angliya chempionatining 35-turida. «Arsenal» o‘z maydonida «Vest Bromvich» ustidan g‘alaba qozondi va ochkolarini 52taga yetkazib, 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Sem Ellardays jamoasi esa «Sheffild Yunayted» ortidan Chempionshipga tushib ketdi.

APL, 35-tur

Arsenal — Vest Bromvich 3:1
9 may, «Emireyts»
Gollar: Smit-Rou (29), Pepe (35), Villian (90) — Pereyra (67).
Arsenal – Leno, Holding, Chembers, Gabriel, Pepe, Smit Rou (Tirni, 63), Villian, El-Nenni, Martinelli (Lyakazett, 60), Sebalos (Parti, 76), Saka.
Vest Bromvich – Jonston, Bartli, Ferlong, Ajayi, Taunsend, Fillips, Gallaxer, Robinson (Diangana, 68), Yokushlu, Mateus Pereyra, Dian (Robson-Kanu, 56).
Ogohlantirishlar: Robson-Kanu (62), Sebalos (70), Gallaher (76).

image