fbpx Betguru » APL. Traorening 90+2-daqiqada urgan goli «Vulverhempton»ga «Fulhem» ustidan g‘alaba keltirdi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

APL. Traorening 90+2-daqiqada urgan goli «Vulverhempton»ga «Fulhem» ustidan g‘alaba keltirdi

Angliya chempionati 31-turining dastlabki o‘yinida «Fulhem» o‘z maydonida «Vulverhempton»ni qabul qilib, alamli mag‘lubiyatga uchradi. 90+2-daqiqada Adama Traore tomonidan kiritilgan to‘p «bo‘rilar»ga 3 ochko taqdim etdi.

«Vulverhempton» ochkolarini 38taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarildi. «Fulhem» 26 ochko bilan 18-pog‘onada qoldi.

APL, 31-tur

Fulhem — Vulverhempton 0:1
9 aprel, «Kreyven Kottej»
Gol: Traore (90+2).
Fulhem – Areolya, Robinson, Andersen, Kongolo, Tete, Loftus-Chik (Zambo-Angissa, 63), Rid (Maja, 74), Dekordova-Rid, Lemina, Ayna (Kavaleyru, 84), Mitrovich.
Vulverhempton – Patrisiu, Semedu, Ait-Nuri, Koudi, Saiss, Dendonker, Nevesh, Traore, Podense (Gibbs-Uayt, 74), Netu (Moutino, 32), Villian Joze (Fabiu Silva, 78).

image