fbpx Betguru » APL. «Tottenhem» qoldirilgan o‘yinda «Aston Villa»ni mag‘lub etib, 6-o‘ringa ko‘tarildi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. «Tottenhem» qoldirilgan o‘yinda «Aston Villa»ni mag‘lub etib, 6-o‘ringa ko‘tarildi

Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda «Tottenhem» mehmonda «Aston Villa» ustidan Vinisius va Keynning gollari evaziga g‘alaba qozondi.

«Shporlar» ochkolarini 48taga yetkazib, 6-o‘ringa chiqib olishdi. «Aston Villa» 41 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.

APL, 18-tur

Aston Villa — Tottenhem 0:2
21 mart, «Villa Park»
Gollar: Vinisius (29), Keyn (68).
Aston Villa – Martines, Konsa, Mingz, Targett, Kesh, Makginn, Duglas Luis, Trezege (Devis, 79), Sanson (Barkli, 66), Traore (Al-G‘oziy, 60), Uotkins.
Tottenhem – Loris, Tanganga, Regilon (Devis, 57), Sanches, Rodon, Ndombele (Sissoko, 81), Moura, Lo Chelso (Bergveyn, 66), Hyoyberg, Keyn, Vinisius.

image