fbpx Betguru » APL. «Sauthempton»dan kambek, «Tottenhem» «Nyukasl» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. «Sauthempton»dan kambek, «Tottenhem» «Nyukasl» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

APL 30-turi doirasidagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.

«Sauthempton» «Byornli» bilan o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotganiga qaramay, bahs yakunigacha hisobni 3:2ga aylantirib, kambek ko‘rsatdi.

«Nyukasl» esa «Tottenhem» bilan bahsda hisobni ochganiga qaramay, Keyn 4 daqiqa ichida dubl qayd etdi. 85-daqiqada esa Uillok «Nyukasl»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

Natijada, «Tottenhem» 49 ochko bilan yana 5-o‘ringa qaytgan bo‘lsa, «Nyukasl» 29 ochko bilan 17-o‘rinda qoldi.

APL. 30-tur
Sauthempton – Bernli 3:2
Gollar: 0:1 – 12, penalti Vud, 0:2 – 28 Vidra, 1:2 – 31 Armstrong, 2:2 – 42 Ingz, 3:2 – 66 Redmond.
Sauthempton – Forster, Uoker-Piters, Bertran, Bednarek, Vestergor, Armstrong (Salisu, 79), Uord-Prouz, Redmond, Diallo, Uolkott (Jenepo, 87), Ingz (Adams, 86).
Bernli – Poup, Mi, Louton, Piters (Teylor, 33), Tarkovski, Braunxill, Vestvud, Gudmundsson (Richardson, 90), Maknil, Vidra (Rodriges, 78), Vud.

Nyukasl – Tottenhem 2:2
Gollar: 1:0 – 28 Joelinton, 1:1 – 30 Keyn, 1:2 – 34 Keyn, 2:2 – 85 Uillok.
Nyukasl – Dubravka, Kraft (Uillok, 79), Lassels, Dammett, Ritchi, Almiron, Shelvi, Longstaff, Merfi (Mankilo, 83), Geyl (Sen-Maksimen, 71), Joelinton.
Tottenhem – Loris, Rodon, Tanganga, Sanches, Regilon, Ndombele, Lukas Moura (Lamela, 64), Lo Chelso (Beyl, 88), Xeyberg, Keyn, Vinisius (Son Hyon Min, 46).

image