fbpx Betguru » APL. Penalti, chetlatish va navbatdagi kambek. «MYU» «Aston Villa» maydonidan g‘alaba bilan qaytdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

APL. Penalti, chetlatish va navbatdagi kambek. «MYU» «Aston Villa» maydonidan g‘alaba bilan qaytdi

APL 35-turi doirasida «MYU» safarda «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushdi.

Birmingemdagi bahsda hisob mezbonlar vakili Traore tomonidan ochilganiga qaramay, «Yunayted» odatdagidek ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirdi. Pogbaga ishlatilgan penaltini Bruno golga aylantirib hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 4 daqiqa o‘tib Grinvud Sulsher jamoasini hisobda oldinga chiqardi. Zaxiradan maydonga tushgan Kavani esa o‘yinga nuqta qo‘ydi – 1:3.

Natijada «MYU» o‘yindagi g‘alabasi evaziga «Siti»ning bu turda ham chempion bo‘lmasligini ta’minladi – ochkolarini 70taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. Oradagi farq 10 ochkoga qisqardi. Qolaversa, «MYU» zaxirasida yana bir o‘yin mavjud.

APL. 35-tur
Aston Villa – Manchester Yunayted 1:3
Gollar: 1:0 – 24 Traore, 1:1 – 52, penalti Brunu Fernandesh, 1:2 – 56 Grinvud, 1:3 – 87 Kavani.
Aston Villa – Martines, Mingz, Targett, Konsa, Kesh, Makginn, Barkli (Devis, 77), Duglas Luis (Remzi, 65), El-Gazi (Uesli, 77), Traore, Uotkins.
Manchester Yunayted – Henderson, Uan-Bissaka, Lindelef, Maguayr (Bayi, 78), Shou, Fred, Pogba, Brunu Fernandesh (Matich, 86), Maktomini, Reshford, Grinvud (Kavani, 65).
Chetlatish: Uotkins (89).

image