Friday, 27 May 2022
← Go to the news

APL. «MYU» Ronalduning dubli evaziga «Arsenal»ni mag‘lub etdi, «Tottenhem» «Brentford»dan ustun keldi

Angliya chempionatida 14-tur o‘yinlari yakunlandi.

Markaziy o‘yinda «Manchester Yunayted» o‘z uyida «Arsenal»ni qabul qilib, gollarga boy o‘yinda g‘alabaga erishdi. Mezbonlardan Ronaldu (2ta) va Fernandesh, mehmonlardan Smit-Rou va Edegor to‘p kiritishdi.

E’tiborlisi, ushbu bahsda Krishtianu faoliyatidagi 800-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

«MYU» «to‘pchilar»ga qarshi 5 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘yib, 21 ochko bilan 7-o‘ringa chiqib oldi. 23 ochkoga ega «Arsenal» 5-o‘rinda qoldi.

«Tottenhem» Londonda «Brentford»ni (16, 12-o‘rin) ishonchli tarzda mag‘lub etib, 22 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.

APL. 14-tur. 2 dekabr

Manchester Yunayted — Arsenal 3:2
Gollar: Fernandesh (44), Ronaldu (52, 70 penalti) — Smit-Rou (13), Edegor (54).
Manchester Yunayted — De Xea, Dalot, Lindelyof, Maguayr, Telles, Fred, Maktominey, Reshford (Lingard, 79), Sancho, Fernandesh (van de Bek, 90), Ronaldu (Marsyal, 88).
Arsenal — Ramsdeyl, Gabriel, Uayt, Tomiyasu, Tavaresh, Tomas, El-Nenni, Smit-Rou (Saka, 70), Martinelli, Edegor (Nketia, 79), Obameyang (Lyakazett, 79).
Ogohlantirish: Maktominey (45+1).

Tottenhem — Brentford 2:0
Gollar: Kanos (12, avtogol), Son (65).
Tottenhem — Loris, Sanches, Dayer, Devis, Emerson (Tanganga, 83), Hyoyberg, Skipp, Regilon, Moura (Uinks, 77), Son (Bergveyn, 87), Keyn.
Brentford — Fernandes, Gudi, Yansson, Pinnok, Kanos (Vissa, 70), Oneka (Baptist, 56), Nyorgor, Yanelt (Yensen, 70), Genri, Toni,